Balog`at bekati

Yangiqo`rg`on tuman XTB ga qarashli 1 – sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida 25.01.2021 yil kuni maktab o`quvchilari o`rtasida o`quvchilarni bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, ota – onalarning oiladagi farzand tarbiyasidagi o`rni va shu bilan birgalikda o`quvchi yoshlar o`rtasidagi turli jinoyatchiliklarning oldini olishga qaratilgan “Balog`at bekati” nomli videorolik namoyish etildi.

Videorolik namoyishidan so`ng, o`quvchilarning umumiy sinf yig`ilishlarida bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish mohiyati keng tushuntirildi. Qolaversa, Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslari bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning Namangan shahrida o`tkazilish ahvoli bo`yicha bugungi kunda ilm – fanda, sport, san`at va adabiyot sohalarida ko`plab yutuqlarga erishayotgan yoshlar namoyish etildi.

Har bir sinf rahbariga o`quvchilarning kunlik darslarga ishtirokini to`liq ta`minlash vazifasi maktab rahbariyati tomonidan qat`iy nazoratga olingani ta`kidlandi. Har bir o`quvchi alohida nazoratga olingan. O`quvchilarning ota – onalari bilan hamkorlik o`rnatilgan. Darsdan tashqari paytlarda o`quvchilarda yot g`oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida turli tanlov va tadbirlar o`tkazilmoqda.

“Jinoyatchilikning oldini olish – barchaning burchi” shiori ostida o`qituvchilar, ota – onalar va o`quvchilar yig`ilishlarida muhokama etilib, tegishli chora – tadbirlar belgilandi. Maktabda bundan buyon ham o`quvchilar bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, o`quvchilar o`rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida doimiy ishlar olib borilmoqda. Namoyish so`ngida, barcha o`quvchi yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish, bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun fan to`garaklari va sport seksiyalariga muntazam qatnashishlari eslatib o`tildi.

AXBOROT TUSHUNCHASI

XX asrning 50 – yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi.

 Informatika inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.

 Qisqa qilib aytganda, informatika axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo’llash usullarini o’rganadigan fandir.

 Demak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.

Читать далее AXBOROT TUSHUNCHASI

SHAXSIY KOMPYUTERLAR

MAVZU: SHAXSIY KOMPYUTЕRLAR TASNIFI

Shaxsiy kompyutеrlar (ShK) — xammaboplik va kullashda univеrsallik talablarini koniktiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro EUMlardir.

Shaxsiy kompyutеrlar xammaboplik va univеrsallik  talablarini kondirishi uchun kuyidagi xususiyatlarga ega bulishi lozim:

 individual xaridor uchun mos kеladigan narxlarda;

 atrof-muxit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;

Читать далее SHAXSIY KOMPYUTERLAR

MAKTAB SAYTIGA XUSH KELIBSIZ !