AXBOROT TUSHUNCHASI

XX asrning 50 – yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi.

 Informatika inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.

 Qisqa qilib aytganda, informatika axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo’llash usullarini o’rganadigan fandir.

 Demak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.

 Axborotning o’zi nima? Uning ilmiy ta’rifi mavjutmi? Axborot o’z mazmuni va shakliga ko’ra moddiymi?

 Insoniyat paydo bo’lgandan buyon axborot bilan bevosita ish ko’radi. Shunga qaramasdan, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta’rif berilgani yo’q.

 Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha ta’riflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot – texnika va texnologiyalar, ularni ishlash tartiblari bolsa, tibbiyot xodimlari uchun – bemorning kasallik tashhisi, dori – darmonlar va boshqa ma’lumotlar axborot

hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o’z sohalari bilan bog’liq ma’lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.

 Axborot informatika fani uchun asos tushuncha sifatida qabul qilinganligi sababli, uning ta’rif bermaymiz. Ammo axborot deganda, biz nimani tushunishimizni belgilab olishimiz kerak.

 Axborot deganda biz barcha organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar majmuini va ularni o’zaro bog’lanishi darajasini tushunamiz.


Inson (jamiyat mahsuli) ga aylanishida odam (tabiat mahsuli) o’zini o’rab turgan olamdan turli ma’lumotlar oladi, ularni o’zaro bog’laydi va shu ma’lumotlar asosida bilimga ega bo’ladi.

IX – X asrlarda F o r o b i y taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o’zaro bog’liq bo’lib, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kitlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakillanmaydi va,demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.

 Forobiy « Ilm va san’atning fazilatlari » risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatini bilishdan oqibatini bilshga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, limning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini takiylaydi.

 Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanishi talabi» paydo bo’lib, unga ko’ra odam o’vqatlanadi. Shundan so’nggi talablar «tashqi talablar» bo’lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» 5 turlidir: teri – badan sezgisi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko’rish sezgisi.

Axborotning ko‘rinishlarini misollar yordamida izohlash maqsadga muvofiqdir:

  • matn: alifbo harflari, raqamlar, tinish belgilari, xat, konspekt hikoya va ertaklar, darslikdagi mavzular va boshqalar yozuv ko‘rinishida ifodalanadi, kompyuterda esa Bloknot, Word dasturlari yordamida tayyorlangan fayllar – ko‘rish sezgisi yordamida ularni o‘qib, mulohaza yuritib axborot olamiz;
  • rasm, chizma yoki fotografiya: rasm darsida chizilgan rasmlar, chizmachilikdagi chizmalar, boshlang‘ich sinfda tabiatni kuzatib oylik ob-havo haqidagi jadvallardagi rasmlar, maktab evkuatsiya exemasi, o‘quvchining maktabdan uyga va aksincha xarakat sxemasi, o‘quvchining fotografiyasi, maktabdagi do‘stlari, oila a’zolari yoki tabiat qo‘ynidagi esdalik fotografiyalari, darslikdagi rasmlar va fotografiyalar, buyuk rassomlarning asarlari, allomalarning rasm yoki  fotografiyalari, kompyuterda esa Paint dasturi yordamida tayyorlangan fayllar – ko‘rish sezgisi yordamida ularni kuzatib, mulohaza yuritib axborot olamiz;
  • nur yoki ovoz signallari: quyosh nurining yoritishi va issiqlik



tashishi, oyning yerni yoritishi sabablari, o‘yinchoq lazer qurilmalari, lampochkalarning xira yoki kuchli yoritishi, elektr isitish asboblaridan chiqayotgan yorug’lik, biror narsaning yondirilgandagi yoritish xususiyati, insonning gapirganda yoki ta’sirlangandagi tovushi, avtomashina signali, bargning shamoldagi yoki suvning oqishidagi  shildirashi, maktab qo‘ng’irog’i, hayvonlar ovozi, nay, nog’ora g‘ijjak, pianino, skripka chiqaradigan tovushlar, kompyuterda esa Windows Media yoki Light Alloy dasturi yordamida ochiladigan fayllar – ko‘rish va eshitish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;

  • radioto‘lqinlar: nurning, issiqlik yoki tovushning to‘lqin xususiyatiga egaligi, televizor, radio yoki telefon signallarining radioto’lqin ekanligi – teri-badan, ko‘rish va eshitish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;
  • elektr va nerv impulslari: qorni ochqaganligini, biror yeri og‘riyotganini, stulning qattiq yoki yumshoqligini, stolning silliq va sovuqligini, biror yeri qizib ketayotgani, achishayotgani yoki kuyayotganini – teri-badan sezgisi yordamida inson ongiga ta’sir etayotgan elektr va nerv impulslari orqali ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot oladi;
  • magnit yozuvlari: video yoki audio kassetalardagi, kompyuterning tashqi xotirasidagi (disket, vinchester) yozuvlar – turli qurilmalar (video yoki audio magnitofon, kompyuter va hokazo) yordamida ko‘rish va eshitish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;
  • mimika: turli imo-ishoralar yoki harakatlar (ko‘rsatkich barmoqni lab ustiga bosish – jim bo‘lish ishorasi, ko‘rsatkich barmoqni boshga tegizib aylantirish – nodon ekanligiga ishora, boshqa barmoqlarni bukib bosh barmoqni yuqoriga ko‘tarish – maqtov belgisi, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish – hurmat yoki ijro etishga tayyorgarlik belgisi va hokazo), teatrlashtirlgan harakatlar – ko‘rish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;
  • hid va ta’m: gullar isi, atir va boshqa pardoz ashyolarning isi, tutun, gaz, terlash natijasi, bo‘yoq, taom hidi, yer, bog’, o‘tloqlar va hokazo hidi, shirin, achchiq, nordon ta’m, taomlar, pishiriqlar, shirinliklarning o‘ziga ta’mi – hid va ta’m bilish sezgilari yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;
  • organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar – o‘g‘il yoki qiz farzandning tug‘ilishi, farzandlarning ota-ona, buva-buvi va ulardan avvalgi ajdodlarining belgi va xususiyatlari, fe’lini o‘zida saqlashi, ularga o‘xshashligi – ko‘rish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz.

            Shu o‘rinda axborot olishda inson sezgi a’zolarining ahamiyati, inson ongining imkoniyatlari haqidagi alloma Forobiy fikrlariga urg’u berish o‘tish maqsadga muvofiqdir.

Axborotdan hayotiy faoliyatimizda foydalana olishimiz uchun asosiy uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini darslikdagi va yuqoridagi kabi misollar yordamida asoslab berilishi maqsadga muvofiqdir.

O‘quvchilarning axborotlar shakliga ko‘ra ikki: uzluksiz   (analog)va uzlukli  (diskret, raqamli) turlarga ajralishini bilishi keyingi darslarni (axborotlarni kodlash, buning texnika bilan bog‘liq sabablari) oson o‘zlashtirishiga yordam beradi.

O‘quvchilar tomonidan turli rasm, narsa yoki jarayonlarni tavsiflab berilishi orqali axborot va bilishning mohiyatini ular ongiga singdirish mumkin. Darslikdagi topshiriq va mashqlar shu maqsadda berilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *