Balog`at bekati

Yangiqo`rg`on tuman XTB ga qarashli 1 – sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida 25.01.2021 yil kuni maktab o`quvchilari o`rtasida o`quvchilarni bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, ota – onalarning oiladagi farzand tarbiyasidagi o`rni va shu bilan birgalikda o`quvchi yoshlar o`rtasidagi turli jinoyatchiliklarning oldini olishga qaratilgan “Balog`at bekati” nomli videorolik namoyish etildi.

Videorolik namoyishidan so`ng, o`quvchilarning umumiy sinf yig`ilishlarida bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish mohiyati keng tushuntirildi. Qolaversa, Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslari bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning Namangan shahrida o`tkazilish ahvoli bo`yicha bugungi kunda ilm – fanda, sport, san`at va adabiyot sohalarida ko`plab yutuqlarga erishayotgan yoshlar namoyish etildi.

Har bir sinf rahbariga o`quvchilarning kunlik darslarga ishtirokini to`liq ta`minlash vazifasi maktab rahbariyati tomonidan qat`iy nazoratga olingani ta`kidlandi. Har bir o`quvchi alohida nazoratga olingan. O`quvchilarning ota – onalari bilan hamkorlik o`rnatilgan. Darsdan tashqari paytlarda o`quvchilarda yot g`oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida turli tanlov va tadbirlar o`tkazilmoqda.

“Jinoyatchilikning oldini olish – barchaning burchi” shiori ostida o`qituvchilar, ota – onalar va o`quvchilar yig`ilishlarida muhokama etilib, tegishli chora – tadbirlar belgilandi. Maktabda bundan buyon ham o`quvchilar bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, o`quvchilar o`rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida doimiy ishlar olib borilmoqda. Namoyish so`ngida, barcha o`quvchi yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish, bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun fan to`garaklari va sport seksiyalariga muntazam qatnashishlari eslatib o`tildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *